bo‘lakcha
bilan ulashing
1. Kichkina boʻlak, parcha; boʻlakning boʻlagi.
-
Tosh boʻlakchalari.
-
Bir necha haftami, oymi, sen yashagan ana shu joyda allanarsang qolganday boʻladi. Allaqayering jiz etib ketadi. Shunda qalbingning kichik bir boʻlakchasini qoldirganday his qilasan. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
2. Boshqalaridan, avvalgilaridan biror jihati bilan yoki tamomila farqlanadigan; boshqacha, oʻzgacha.
-
Boʻlakcha iltifot. Boʻlakcha qarash.
-
Togʻ-yaylovning gashti boʻlakcha. Yoshlik
-
Obidjonning bu qarashi avvalgi befarq qarashlardan mutlaqo boʻlakcha edi. I. Rahim, Zangori kema kapitani
-
Xato qilibman, sen olov ekansan, boʻlakcha yigit ekansan. Oybek, Tanlangan asarlar
BO‘LAKCHA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЎЛАКЧА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bo‘lakcha so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar