bo‘lak
bilan ulashing
1. Butunning bir qismi; qism, parcha, kesim.
-
Engashib, yashikdan ikki boʻlak koʻmir olib soldi. S. Karomatov, Oltin qum
-
Qozi piyolani oldiga qoʻydi-da, soʻyilgan anordan bir boʻlagini olib, yirik qizil donalarni kaftiga uqalay boshladi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Nihoyat, u jonliroq kesilgan goʻsht boʻlaklari qolib, bundayroqlarini olib, uzata boshladi. M. Mansurov, Yombi
2. Narsalarning tortib, oʻlchab ajratilgan har bir qismi, donasi, oʻrami.
-
Bir boʻlak sovun.
-
Mirzakarimboyning xotini bir katta boʻlak choyni Yoʻlchiga berib, Gulnorni imladi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Toʻyimizning ertasiga sovgʻaga ikki boʻlak kirsovun olib kelgan. S. Ahmad, Ufq
3. sifatdosh Boshqalardan farq qiladigan; boshqa, oʻzga, boshqacha.
-
Bu boʻlak gap. U butunlay boʻlak odam,
-
Bunday paytlarda u hech narsani eshitmaydi, hech kimga quloq solmaydi: oʻziga xos bir boʻlak dunyoda — xayol dunyosida yashaydi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Undoq emas, yanga, endi zamon boʻlak, endi davlat hisob-kitob bilan baraka topadi. A. Muxtor, Opa-singillar
4. Oʻziga mustaqil, alohida, ajratilgan; boshqa-boshqa.
-
Ularning roʻzgʻorlari boʻlak.
-
Har kimning goʻri boʻlak! N. Norqobilov, Toʻqnashuv
5. koʻm. vzf. (ch.k. soʻz bilan) Boshqa, tashqari.
-
Bundan boʻlak gapim yoʻq.
-
Elmurod, ertalabdan beri non-choydan boʻlak hech narsa yemaganlikdan, koʻngli ozganligini sezdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Karim akaning ota-onasi erta oʻlib ketgan. Fazilat opadan boʻlak hech kimi yoʻq, kambagʻalgina yigit edi. M. Hazratqulov, Jurʼat
-
Ukasidan boʻlak Hamidaning yaqini qolmadi. Yosh kuch
bo‘lak soʻzi qatnashgan jumlalar:
Boʻlak-boʻlak qilmoq
-
Dushmanlarni boʻlak-boʻlak qilmadim, Qaytayin, dogʻ qoldi yurak ichida. Yusuf va Ahmad
Gap boʻlagi
Boʻlak qilmoq
-
Koʻrsat yoʻlni, ne kunlarni solarman, Ajdarhoni necha boʻlak qilarman. Fozil shoir
-
Roʻzgʻorimizni boʻlak qildik.
BO‘LAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЎЛАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bo‘lak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar