bo‘lar-bo‘lmas
bilan ulashing
1. ravish Boʻlmasdanoq, boʻlay deb qolganda.
-
Bechora turmush qilganiga bir yil boʻlar-boʻlmas shu dardga yoʻliqqan ekan. A. Qahhor, Ming bir jon
-
Bular yotganiga yarim soat boʻlar-boʻlmas, taxminan yuz ellik metr naridagi yakka buta xiyol qimirladi. A. Qahhor, Asarlar
2. Biror ish, xatti-harakatga asos, bahona boʻla olmaydigan; boʻlmagʻur; arzimas.
-
Boʻlar-boʻlmas gap. Boʻlar-boʻlmas gaplarni gapiraverma.
-
Ahmad brigadir boʻlar-boʻlmas gaplarni aytib, Nusratbekning fikrini chalgʻitishni istamadi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
bo‘lar-bo‘lmas soʻzi qatnashgan jumlalar:
Boʻlar-boʻlmasga
-
Anzirat xola ham yuragi torgina bir kampir, boʻlar-boʻlmasga xarxasha qiladi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Koʻrinishidan juda yoqimtoy, qattiq gapirmaydi, boʻlar-boʻlmasga tutaqib ham ketmaydi, sabr-toqatli bir kishi. X. Toʻxtaboyev, Yillar va yoʻllar
BO‘LAR-BO‘LMAS so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЎЛАР-БЎЛМАС so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bo‘lar-bo‘lmas so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar