bokira
bilan ulashing
1. Er koʻrmagan, turmushga chiqmagan; iffatli.
-
Bokira qiz.
-
Hech qayoqqa ketmayman, menga osilmang, boʻlmasa, bir bokira jonning uvoliga qolasiz! K. Yashin, Hamza
-
Senga shunday bokira jononlarni topib berayki, husnini koʻrib, aqling ogʻmasa —hisobmas. J. Abdullaxonov, Toʻfon
2. koʻchma Qoʻl tegmagan, kishi oyogʻi yetmagan.
-
Qudratli traktorlar choʻlning bokira bagʻrini ilk dafʼa yorib, agʻdarib, havoni gumburlatar edilar. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
3. aynan Bokir.
-
sirqirab yotibsiz toshlar oralab, bokira suvlarim, goʻzal suvlarim. Sh. Rahmon, Gullayotgan tosh
-
Sen mening qorim-san, birinchi qorim, Goʻyo butun olam senday bokira. A. Muxtor, Asarlar
-
Bahorning bokira tarovati ham Arslonovning koʻnglini ocholmadi. Sharq yulduzi
-
shunda qizning butun borligʻi iztirobga tushib, bokira qalbida nimalar kechmaydi. Gazetadan
-
Men sizni yaproqlar rangiga uyqash, Bokira muhabbat bilan sevaman. X. Davron, Tungi bogʻlar
BOKIRA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БОКИРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan BOKIRA so‘ziga berilgan ma’nolar
bokira so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
bokira so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar