chakki
bilan ulashing
1. Yomon; qoniqarsiz.
-
Bu yerda uning turmushi chakki boʻlmadi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
— Gʻoʻzalarimiz chakki emas, — deydi polvon. A. Qodiriy, Obid ketmon
-
— Bashoratdan boshqa hammamiz umuman chakki baho olmadik, — dedi Zaynab. Sharq yulduzi
2. Nojoʻya, nooʻrin.
-
Chakki yursang, dakki yersan. Maqol
-
— Chakki gap aytgan boʻlsam, uzr, otaxon, — yigit xijolatda qolgan edi. Guldasta
3. Bekor, behuda.
-
Asli bugun ham chakki ovora boʻlgansiz. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
— Bu kishini chakki umidvor qilibsiz, mendan bir ogʻiz soʻrasangiz, yomon boʻlmas edi, — dedi kinoya bilan [direktor]. S. Karomatov, Hijron
chakki soʻzi qatnashgan jumlalar:
Chakki qilmoq
-
Keksa odamning dilini ranjitib, chakki qilibsan. Gazetadan
sheva, aynan Chakka II.
-
Chakki oʻtgan eski tomga oʻxshayman, Koʻzimdan yomgʻirlar toʻkilar tinmay. M. Yusuf
CHAKKI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧАККИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan CHAKKI so‘ziga berilgan ma’nolar
chakki so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
chakki so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing