chal
bilan ulashing
1. Musiqa asbobida biror kuy, ohang ijro etmoq.
-
Nogʻorachi yigit usta ekan! Shunday berilib, shunday terga botib chaldiki, osmon pardasini yirtib yuborguday boʻldi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. Sado, ovoz chiqaradigan, signal beradigan asboblarni ishga solmoq.
-
Qoʻngʻiroq chalmoq. Gudok chalmoq. Oʻt oʻchirish mashinasi ustma-ust signal chaldi.
3. Biror aʼzo vositasida tovush, sado, ovoz chiqarmoq (odam haqida).
-
Sher chapak chalaman deb, qoʻlidan koʻkchani tushirib yuborishiga sal qoldi. S. Anorboyev, Hamsuhbatlar
-
Ashur ikki barmogʻini ogʻziga tiqib, hushtak chaldi. N. Aminov, Qahqaha
4. Sado, ovoz chiqarmoq (jonsiz narsalar haqida).
-
Men boray, kurtaklar kutib qoldilar Men boray, shamollar hushtak chaldilar. Yoshlik
-
Yellar chalgan chapakdan Novdalar uxlar qonib. Yoshlik
chal soʻzi qatnashgan jumlalar:
Chapak chalib qolmoq
Qorni nogʻora chalyapti
-
Pulim yoʻq, qornim nogʻora chalyapti, deydiganlarga goh bir soʻm-yarim soʻm choychaqa tashlab oʻtishadi. X. Toʻxtaboyev, Yillar va yoʻllar
1. Birovning oyogʻini oʻz oyogʻi bilan ilib, tepib, uni yiqitmoq yoki gandiraklatmoq.
-
Zarina epchillik bilan Siparangizni chalib, uni yiqitib yubordi. M. Osim, Karvon yoʻllarida
2. koʻchma Xalal bermoq; zarar yetkazmoq.
-
Bilaman, bari ishni oʻsha qilyapti, menga oʻchakishgan, qadamda chalmoqchi boʻladi. Yoshlik
3. sheva Kesmoq, qirqmoq, yiqmoq.
-
Qirq jallod hunarini boshladi, Kim koʻndalang boʻlsa, chalib tashladi. Ergash Jumanbulbul oʻgʻli
-
Indamay oʻroq chalaverdim. Yoshlik
chal soʻzi qatnashgan jumlalar:
Gap bilan chalmoq
-
Payti kelganda, Mikola ilmoqdor qilib, gap bilan chalib tashlar edi. S. Anorboyev, Doʻstlar
Jin (yoki ajina, arvoh, dev) chaldi
-
Ajinalar tepaga yaqinlashgan odamni chalib, koʻzini gʻilay, ogʻzini qiyshiq, oyogʻini shol qilib tash-lagan emish. A. Koʻchimov, Halqa
Kasal (yoki dard) chaldi
-
Oʻzi oʻlimdan qoldi, xudo rahm qildi. Mana endi qizini dard chaldi. A. Muxtor, Opa-singillar
1. sheva Oʻramoq, bogʻlamoq; taqmoq.
-
Oʻng qoʻlini toʻlgʻab olib, Boshga roʻmolini chalib Nurali
-
[Avazxon:] Maydon kuni bedovimni yelayin, Olmos, poʻlat qayrab, belga chalayin. Gulshanbogʻ
-
Goʻroʻgʻli shamshirin beliga chaldi. Gulshanbogʻ
2. sheva Qoplamoq, oʻramoq.
-
Hut kirganda, togʻni tuman chaladi. Gulshanbogʻ
3. Qormoq, aralashtirmoq.
-
Tuxum chalmoq.
-
Jannat xola shoshib, un chalib, quymoq qildi. S. Ahmad, Ufq
4. Naridan-beri; chala-chulpa supurmoq.
-
U uyni supurgi bilan chalib chiqdi. H. Gʻulom, Mashʼal
CHAL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧАЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chal so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar