chala
bilan ulashing
1. Maromiga yoki tamomiga yetkazilmagan, bitkazilmagan, tamomlanmagan.
-
Chala uy. Chala ish. Bola — bolaning ishi chala. Maqol
-
Hali yana bir oz yashashdan umidvorman, chala ishlarim bor. S. Nurov, Narvon
2. Toʻliq emas, notoʻla, yarim-yorti.
-
Kambagʻalning bir toʻygani — chala boy boʻlgani. Maqol
-
Chalasiga biz qarzdor. A. Qahhor, Oltin yulduz
3. Vaqtidan oldin, yetilmasdan tushgan, barvaqt tugʻilgan.
-
Qandli diabet xastaligi koʻpincha homilaning chala yoki majruh tugʻilishiga sabab boʻladi. Saodat
4. ot Yonib bitmagan yoki kuyib tugamagan oʻtin.
-
Kullar koʻkka uchar, choʻgʻlar kulga botar, chalalar choʻgʻga aylanar edilar. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Ularning [odamlarning]yarim yumuq koʻzlari oʻchoqda biqsib, qizarib yonayotgan chalalarga tikilgan edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
5. sprt. Oʻzbek kurashiga oid atama.
6. Qoʻshma soʻzlar tarkibiga kiradi, masalan
-
chalabosh, chalasavod.
CHALA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧАЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chala so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar