charm
bilan ulashing
1. Hayvonlar terisidan yoki sunʼiy xom-ashyodan tayyorlanadigan material; koʻn.
-
[Chol] Teriga suv purkaydi va koʻva bilan doʻq-doʻq urib, charmni tekislaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Oyoq kiyimining ostki qismi, tagcharm.
-
Mahsi charmi. Tufli charmi.
3. sifatdosh Charmdan tayyorlangan, charmdan tikilgan, charm qoplangan.
-
Charm sumka.
-
[Mulla Fazliddin] Oyogʻiga charm kavush kiyib, obrez chetida bet-qoʻlini yuvdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Mening ham qutim oʻchib, jon holatda charm suyanchiqni shartta ushlab oldim. N. Fozilov, Diydor
charm soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yuziga (yoki betiga) charm qoplamoq
-
Poshsha xola shunga ham shukur qilib, betiga charm qoplab, istasa-istamasa, kuyovining oldida girdikapalak edi. D. Nuriy, Osmon ustuni
-
Gap boshlasang unga agar tanqiddan, Betiga charm qoplab olar shu zamon. Mushtum
Charm qoʻlqop ustalari
-
Bahslarda toshkentlik yosh charm qoʻlqop ustalari eng koʻp gʻalabaga erishib, birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdilar. Gazetadan
CHARM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧАРМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
charm so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar