chiniq
bilan ulashing
1. Mehnat yoki jismoniy tarbiya bilan oʻz organizmining har qanday ogʻir sharoitga, kasallik va shu kabilarga bardosh berish qobiliyatini oshirmoq; toblanmoq, pishiqmoq.
-
Mehnatda chiniqqanning rangi toza boʻladi. Qoʻshiqlar
-
U koʻylaksiz edi, oftobda chiniqib pishgan badani ter bilan yaltirardi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
2. koʻchma Amaliy ish, tajriba jarayonida yetilmoq, toblanmoq.
-
Doʻstlik sinovda chiniqadi. Maqol
-
Uning [qizning] muhabbati ayriliqda chiniqdi. Gazetadan
CHINIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧИНИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chiniq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar