chin
bilan ulashing
1. ot 1 Haqiqiy hol, ish, gap, hodisa va shu kabilar; rost, toʻgʻri.
-
Otamning yoʻqdir tayini, Men aytay gapning chinini. Nurali
-
Shu onda xavotiri chinga aylandi. Sharq yulduzi
2. sifatdosh Haqiqiy, haqqoniy, chinakam.
-
Chin vaʼda. Chin soʻz — moʻʼtabar, Yaxshi soʻz — muxtasar. Maqol
3. Asl, haqiqiy, chinakam.
-
Oh, shirin hayot, chin yoʻldosh har bir jihatdan komil, fozil inson boʻlsa Hamza, Tanlangan asarlar
4. Astoydil, samimiy. U
-
bu ayolning, tili achchiq boʻlishiga qaramay, chin dildan orttirib bergan pullarini sira unutgani yoʻq edi. Yoshlik
-
chin maʼnosi bilan odam,
-
Xullas, chin maʼnosi bilan serhosil qishloq. H. Gʻulom, Mashʼal
chin soʻzi qatnashgan jumlalar:
Chini bilan
-
Chini bilan ham Hojining tusidagi boyagi hasrat va qaygʻu alomatlari yoʻqolib, ularning joyini sharq otaligi vaziyati oldi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Xitoyning Sharq mamlakatlarida qabul qilingan va oʻzbek tilida ham uchraydigan nomi.
-
Chin xoqoni.
-
Chin chegarasidagi Oʻtror shahriga kelgani zamon yoʻlini qor devori toʻsdi. M. Osim, Oʻtror
chin soʻzi qatnashgan jumlalar:
Chin (yoki chinni) kaptar
CHIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar