qo‘ton
bilan ulashing
1. Birga boqilayotgan katta qoʻy toʻdasi; qoʻy podasi; suruv.
-
Shu kecha tushimda choʻpon boʻlibman, Qoʻtonimni qirning toʻrida koʻribman. Islom shoir
-
May-donga bir qoʻton qoʻyni haydab kelishdi. Gʻ. Rasul, Toʻngʻich oʻgʻil
2. Qoʻy yoki mol qamaladigan katta qoʻra yoki maxsus bino; qoʻyxona, molxona.
-
Umarqul ertalab, yerdan qirov koʻtarilay degan-da, qoʻylarni qoʻtondan haydab chiqardi. O. Husanov, Hayot ishqi
-
— Ovoragarchilikni aytmaysizmi, — dedi paqir ushlab turgan novcha kishi, — qishda qishloqqa, yozda yaylovga mol haydaymiz. Shu yerga qoʻton qurilsa boʻlmaydimi? I. Rahim, Ixlos
qo‘ton soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻk qoʻton
Oq qoʻton
QO‘TON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚЎТОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qo‘ton so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar