chimchila
bilan ulashing
1. Tananing biror yerini barmoqlar bilan qisib olmoq (koʻpincha jazolash uchun, baʼzan hazil tariqasida).
-
Shoʻxchan koyinib, erining biqinlaridan chimchilab, narigi xonaga olib chiqdi. M.M. Doʻst, Lolazor
-
— Axir kampirlarday tishlaring tushgan! — dedi Izatulla aka bolaning yuzini qayta chimchilamoqchi boʻlib. N. Aminov, Qahqaha
-
Fotima kelin atlasning bir chetini chimchilab koʻrdi. Oʻ. Hoshimov, Ikki eshik orasi
2. koʻchma Achitmoq, jizillatmoq, jondan oʻtmoq (sovuq, shamol, izgʻirin va shu kabilar haqida).
-
Izgʻirin izillab, yuz-koʻzni chimchilaydi. S. Nurov, Narvoy
-
Sovuq quloq-burningizni chimchilab oʻtadi. T. Qosimova, Koʻngilli tasodif
-
Yomgʻir tomchilari bilan yuvilgan havoning pokiza yellari badanini chimchilab oʻtadi, goh seskantiradi. Shuhrat, Shinelli yillar
3. koʻchma Gap bilan uzib olmoq, til tegizmoq, kimsaning shaʼniga achchiq, qattiq gap aytmoq; koyimoq.
-
— Hali xotinchangizni ham borib koʻrarsiz, — gap bilan chimchilab oldi u. Yoshlik
4.
CHIMCHILA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧИМЧИЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chimchila so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar