cho‘chi
bilan ulashing
1. Bexos tashqi yoki ichki taʼsirdan sakrab, sapchib tushmoq, seskanmoq.
-
Choʻchib uygʻonmoq.
-
Peshayvonda banogoh telefon jiringlab, [Iskandar] choʻchib tushdi. M. Mansurov, Yombi
-
Oriqqina bir bola mashina tovushidan choʻchib, yoʻl chetiga chiqdi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
-
[Yaxshiboyev] Xayoliga kelgan qaltis fikrdan choʻchib tushdi. M.M. Doʻst, Lolazor
2. koʻchma Qoʻrqmoq, hadiksiramoq; shubhalanmoq.
-
Qiyinchiliklardan choʻchimoq.
-
Goho vahimalar bagʻringni tilib, Rosa choʻchitadi, yurishmas ishing. A. Oripov
-
[Muhsina] Oʻgʻli taloq aytsa, kelin uydagi lash-lushlarni taloqqa qoʻshib koʻtarib ketishidan choʻchiydi, xolos. M.M. Doʻst, Lolazor
CHO‘CHI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧЎЧИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
cho‘chi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar