cho‘g‘
bilan ulashing
1. Yonib boʻlib, alangasi soʻngan oʻtin, koʻmir va shu kabilar
-
Laxcha choʻgʻ. Samovarga choʻgʻ tashlamoq.
-
Oshpaz oppoq xalatining yenglarini namoyishkorona shimarib, koʻraga koʻmir choʻgʻini terdi. Yoshlik
2. koʻchma Alanga, otash, taft; ishtiyoq, zavq-shavq.
-
Ishq choʻgʻi. Umid choʻgʻlari. Yurak choʻgʻi.
-
Xalq koʻksiga choʻgʻ solib turadigan sheʼrlar boʻladi. Gazetadan
-
Yuragiga sanʼat choʻgʻi tushgan qiz oʻz maqsadi sari intildi. Gazetadan
cho‘g‘ soʻzi qatnashgan jumlalar:
Choʻgʻ ustida oʻtirgandek
-
Suhbat vaqtida [Sulton Xusayn] oʻzini xuddi choʻgʻ ustida oʻtirgandek his qildi. A. Koʻchimov, Halqa.
Oʻzini oʻtga, choʻqqa urmoq
-
Biz yoshligimizda koʻrgan qattiqchilikni shu bolalarim koʻrmasin, deb oʻzimni oʻtga ham urdim, choʻqqa ham urdim. I. Oʻktamov, Hikoyalar
Salmoq, chama.
-
Hosilning choʻgʻi yaxshi. Pulning choʻgʻi.
-
Nonni
-
Salmoqlab koʻr, choʻgʻi ogʻirrogʻidan ol. Gʻ. Gʻulom, Shum bola
cho‘g‘ soʻzi qatnashgan jumlalar:
Choʻgʻi qochgan
-
Ikki atrofda paxtasining choʻgʻi qochgan dalalar goh choʻp boʻlib gʻoʻzapoyasi qolgan, goh paxtasi egatlarga oqib tushgan paykallar bilan almashinadi. M. Mansurov, Yombi
CHO‘G‘ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧЎҒ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
cho‘g‘ so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar