chuldira
bilan ulashing
1. Shaldiramoq, shildiramoq.
-
Bahor chogʻi chuldiragan irmoqlardan Salom boʻlsin saxovatli yil boshiga. A. Oripov
-
Jilgʻalarda suvlar pastliklarga shitob bilan chuldirab oqa boshladi. S. Axmad, Jimjitlik
2. Chuldir-chuldir, yoqimli ovoz bilan sayramoq.
-
Qir ustida soʻfitoʻrgʻay nozik chuldiradi. M. Mansurov, Yombi
-
roʻparadagi qalin bogʻlar qoʻynida bijildoq qushlarning chuldirab sayragani eshitiladi. Yoshlik
3. Goʻdakka xos gapirmoq; bijirlamoq.
-
Jamalaksoch qizaloq botinkasi bilan eshik-ni tepib ochib, chuldirab, Joʻrabek aka karavoti yoniga keldi. Mirmuhsin, Qulamas qoya
chuldira soʻzi qatnashgan jumlalar:
Chuldirab qolmoq
-
Ichkilikka Ivanning endi ishtahasi ochilgan paytda Mutavalli mast boʻlib chuldirab qoldi. M. Osim, Elchilar
-
Azimboyvachcha ikki piyoladayoq chuldirab qoldi. S. Ahmad, Hukm
CHULDIRA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧУЛДИРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan CHULDIRA so‘ziga berilgan ma’nolar
chuldira so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
chuldira so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing