chulg‘a
bilan ulashing
1. Aylantirib, atroflab oʻramoq, atrofiga oʻrab qoʻymoq, oʻrab chiqmoq.
-
Nari-beri boʻz sallasini boshiga chulgʻab darvozadan ichkariga kirib bormoqda boʻlgan Safar boʻzchini maxdum toʻxtatdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Ikromjon ot jilovini egar qoshiga omonatgina chulgʻab, tol tagiga keldi. S. Ahmad, Ufq
2. Qoplamoq, bosmoq, burkamoq.
-
ona ichini gʻira-shira qorongʻilik chulgʻadi. Yoshlik
-
Nurbek eti uvushganini, tegrasini nimharir tuman chulgʻaganini payqadi. Yoshlik
3. koʻchma Ruhiyatini, vujudini egallamoq, band etmoq, qamrab olmoq.
-
[Avazning] Koʻksini alam, kek, ifodasiz bir oʻtli tugʻyon chulgʻadi. S. Siyoyev, Avaz
-
Sunbulaxon ayani kuni boʻyi vahimali xayollar chulgʻadi. Mirmuhsin, Umid
-
Shundagina birdan Nurbekning vujudini qoʻrquv chulgʻadi. Yoshlik
CHULG‘A so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧУЛҒА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chulg‘a so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar