chuqur
bilan ulashing
1. ot Qazilgan, oʻyilgan yoki tabiiy chuqurlik, oʻyiq; oʻra.
-
Birovga chuqur qazisang, oʻzing yiqilasan. Maqol
-
Bu axlatlarni tezda shupurib, bir chuqurga toʻkib, ustidan tuproq tortib A. Qodiriy, Kichik asarlar
-
Koʻchat keltirib, chuqurga qoʻyaman, tanasidan tutib turaman, Yaxshiboyev oʻrtasiga tuproq tortadi. M. M. Doʻst, Lolazor.
2. sifatdosh Sathdan ancha past; choʻnqir, teran.
-
Chuqur daryo. Chuqur hovuz. Chuqur jarlik.
-
Binoning rangi uniqib ketgan, koʻhna yogʻoch darvozasi oldidan chuqur ariq oqardi. N. Aminov, Qahqaha
3. ravish Ichdan, oʻpkadan toʻlib-toshib chiqqan yoki oʻpkani toʻldiruvchi.
-
Qudrat tushimmi, oʻngimmi?! deb chuqur xoʻrsindi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
-
Nigora chuqur nafas oldi. Sharq yulduzi
-
Yaxshiboyev chuqur tin oldi. M. M. Doʻst, Lolazor.
4. sft. koʻchma Har tomonlama keng, asosli, atrofli, teran.
-
Chuqur maʼno. Chuqur ilmiy tekshirishlar.
-
Olimning bu yillarda eʼlon qilgan maqolalari chuqur tahlilga ega ekanligi bilan ajralib turadi. OʻTA
5. sft. koʻchma Kuchli; behad katta.
-
Chuqur qaygʻu. Chuqur sukunat.
-
Onaning koʻngliga chuqur gʻashlik choʻkkan. Saodat
-
Tayyorlanayotgan taomlarning sifatidan ishchilar chuqur qoniqish hosil etishyapti. Gazetadan
6. ravish Yuzadan ichkariga, ich-ichiga.
-
Chuqur botaverdi yurakka xanjar. X. Davron.
7. ravish Mustahkam, qattiq.
-
Halima Nosirovaning beqiyos sanʼati, tabiiy va betakror ovozi xalqimiz qalbidan chuqur joy oldi. Saodat
chuqur soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yelkamning chuquri koʻrsin
-
— Shu magazinni yelkamning chuquri koʻrsin, — deb jahl bilan chiqib ketdi [qiz]. Yoshlik
CHUQUR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧУҚУР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chuqur so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar