dag‘al
bilan ulashing
1. Koʻrinishi, tuzilishi beoʻxshov; qoʻpol.
-
Dagʻal barmoqlar.
-
Men bekaning dagʻal qoʻllarini oʻpdim. Yoshlik
-
Nazarga xotinning barmoqlari serpay, dagʻal tuyuldi. E. Usmonov, Yolqin
2. Tabiiy holda qattiq; mayin, silliq emas.
-
Dagʻal soch. Dagʻal jun.
-
Mulla Ikrom baland boʻyli, dagʻal soqol bir kishi edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Har yilgidan koʻra koʻproq silos, senaj va dagʻal xashak bostirildi. Gazetadan
-
Uning peshonasi ustida hurpaygan timqora, dagʻal sochlari lampa shishasiga qariyb tegib turardi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar.
3. Qoʻpol ishlangan, joʻn.
-
Dagʻal movut. Dagʻal qogʻoz.
-
Dagʻal saxtiyondan etik kiygan oyoqlarini kerib pichan uyumlarini aravaga ortardi. S. Anorboyev, Oqsoy
4. Hazm boʻlishi qiyin, badhazm.
-
Dagʻal ovqat.
-
Mol goʻshtida esa birlashma toʻqima koʻp va dagʻal boʻlgani uchun qattiq va hazm boʻlishi qiyin. N. Ismoilov, Kasallarni parvarish qilish
5. Kishiga qattiq tegadigan, qattiq botadigan; sovuq, qoʻpol.
-
Dagʻal gap. Dagʻal muomala. Dagʻal odam,
-
Raisning dagʻal gapirishi Kozimga yoqmadi. E. Usmonov, Yolqin
-
Muhammadi dagʻal gapirib, uning taʼbini xira qildi. Mushtum
-
U dagʻal va sovuq tovush bilan oʻqidi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
[Davronovning] Muomalasi dagʻal, ogʻzi koski boʻlib, odamlarni oyoq uchida koʻrsatardi. H. Nazir, Koʻkterak shabadasi
-
Kampir dagʻal javob berdi. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
DAG‘AL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАҒАЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dag‘al so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar