dag‘allik
bilan ulashing
1. Narsa, buyumning mayin, yumshoq emasligi; qattiqlik; qoʻpollik.
-
Qoʻlning dagʻalligi. Bu mato dasturxon uchun dagʻallik qilsa kerak.
-
— Formaning [Hamdam forma]
-
qoʻli unga dagʻallik qilmasmikan? — dedi kulimsirab. S. Ayniy, Qullar
2. Muomala, gap-soʻzning qoʻpolligi; qoʻrslik.
-
Nazar toʻsatdan dagʻallik bilan gap boshladi. E. Usmonov, Yolqin
-
— Men odamlarga, xotin-xalajga qilayotgan dagʻalligingizni aytmay qoʻya qolay, — dedi Inobat. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
-
Joʻra qorovulni quchoqlaydi, unga dagʻallik qilgani uchun uzr soʻraydi. Yu. Shomansur, Qora marvarid
3. Qoʻpollik bilan qilingan xatti-harakat.
-
Nari-beri koʻz yugurtirgach, xotiniga baqrayib qoladi, soʻng Munisxonning bilagini changallaganicha, dagʻallik bilan uyi tomon sudraydi. Guldasta
-
Oysuluvxonning dagʻalligi Suvonjonga qattiq tegdi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Yosh xodimdan bunday dagʻallik kutmagan Tolib aka tutaqib ketdi. F. Musajonov, Himmat
DAG‘ALLIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАҒАЛЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dag‘allik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar