dag‘dag‘a
bilan ulashing
1. Vahima yoki shovqin solib qilingan doʻq, poʻpisa.
-
Miltiq koʻtargan bilan ovchi boʻlmas, Dagʻdagʻa solgan bilan dovchi boʻlmas. Maqol
-
Latofat Roʻziyevning ovozidagi dagʻdagʻani endi payqaganday, seskanib ketdi. Oʻ. Hoshimov, Bir tomchi shudring
2. Qoʻrqitish uchun koʻtarilgan janjal, nizo.
-
Biz bu dagʻdagʻalarni oʻrtadan koʻtarishga harakat qilurmiz. Oybek, Navoiy
-
Mahallada hammaga dagʻdagʻa qilib oʻrgangan Fotima zakonchi degan nom ham chiqargan edi. Mirmuhsin, Umid
3. Shovqin-suron, ovoza; dabdaba.
-
Uch yuz odami bilan saltanati dagʻdagʻasi yerni titratib, joʻnab ketdi. Yusuf va Ahmad
-
Bu ham xonlik davrini surib, podsholik dagʻdagʻasini qilib, necha yil, necha oy oʻtdi. Murodxon
4. kam qoʻll. Tashvish, bezovtalik, urinish.
-
Shaharning shoirlari qofiya dagʻdagʻasi bilan ogʻriydilar. Oybek, Navoiy
5. koʻchma Xavf solish, tugʻdirish.
-
Koʻp oʻtmay qoramtir bulutlar koʻk yuzida dagʻdagʻa qila boshladi. Mirmuhsin, Umid
-
Vaqt yarim kechadan oʻtganda, havoning dagʻdagʻasi zoʻraydi. Y. Muqimov, Matonatli kishilar
DAG‘DAG‘A so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАҒДАҒА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dag‘dag‘a so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar