dazmol
bilan ulashing
1. Kiyim-kechak, gazlama va shu kabilarni qizdirib tekislash, silliqlash, gʻijimini yozish uchun moʻljallangan asbob.
-
Choʻyan dazmol. Elektr dazmol.
-
U uining issigʻi va dazmolning taftidan qizib ketgan. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Madaniy turmush uchun eng zarur buyumlardan biri dazmoldir. Gazetadan
-
Zebo dazmolni onasi qoʻlidan olib bosa ketdi. Shuhrat, Shinelli yillar
2. Dazmollash natijasida kiyim-kechak, gazlama va shu kabilarning yuzida hosil boʻlgan silliqlik, tekislik.
-
Kiygan koʻylagining dazmoli hali ketgani yoʻq.
3. Dazmollash ishi.
-
Korxonamizda ancha kishi dazmolda iimaydi.
dazmol soʻzi qatnashgan jumlalar:
Dazmol bosmoq (yoki urmoq, qilmoq)
-
Akram Nigorani uyidan topdi: yuvilgan kiyimlariga dazmol urayotgan ekan. S. Anorboyev, Oqsoy.
-
Usmonjonning kir koʻylaklarini, sochiqlarini yuvdi, dazmol qildi. S. Zunnunova, Gulxan
-
Yamoq ishlari siyraklashgach, yuvilgan kiyimlarga dazmol bosishdi. Shuhrat, Shinelli yillar
Dazmoli buzilmagan
-
Uning nazarida, Ziynatullayevning chiroyli polyak trikosidan tikilgan va hali dazmoli buzilmagan kostyumi ham oʻziga koʻp bino qoʻyganidan dalolat berardi. P. Qodirov, Uch ildiz
DAZMOL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАЗМОЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dazmol so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar