xuddi
bilan ulashing
1. Aynan, aniq.
-
Inobatning xuddi oʻziga oʻxshagan nozikkina, qora qosh, qora koʻz bir singlisi bor edi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
-
Bir oydan keyin xuddi mana shu katta bogʻda dangʻillama toʻy boʻldi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Xuddi shu payt eshik gʻiyqillab ochildi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. Roppa-rosa, toʻppa-toʻgʻri, aniq.
-
Men xuddi soat oʻnda keldim.
-
Agar oʻsha ketishi boʻlsa, bugun xuddi Qoʻqonga borib yetgan. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
3. Goʻyo, goʻyoki; baayni.
-
— Keldingizmi? — dedi Alimardon, xuddi uning albatta kelishini bilganday. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
4. Hoynahoy; aftidan.
-
[Maysara:] Shoshmang, taqsirim! Hozir chiqib boʻlmaydi! U xuddi gumonsirab kelgan, ehtimol, har tomonga odam qoʻygandir. Hamza, Maysaraning ishi
XUDDI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ХУДДИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
xuddi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar