dakki
bilan ulashing
1. Nojoʻya ish, xatti-harakat uchun aytilgan achchiq gap, qattiq tanbeh, taʼzir, koyish.
-
Chakki yursang, dakki yersan. Maqol
-
U
-
dakkilarga boʻsh kelmaydigan odam. Dakki yemoq (eshitmoq).
-
Ahmadjon dadasidan bir necha dakki eshitib, uyiga joʻnadi. Yoshlik
-
Bolalar meni nega yomon koʻrishlarini aytsam, ular men tufayli yo onasidan, yo otasidan dakki eshitardi. X. Toʻxtaboyev, Besh bolali yigitcha
-
Qilgʻilikni siz qildingiz, dakkini biz eshitdik. S. Anorboyev, Oqsoy
2. Nohaq turtki, xoʻrlash, tahqirlash.
-
Choʻrilikdan qutuldim, endi boyning xotinlaridan dakki yemayman. J. Sharipov, Xorazm
-
Yomon boʻlsang, kim koʻringandan dakki yeysan! N. Safarov, Navroʻz
-
Har kishidan dakki yeyaverib, yuragim qonga toʻlib ketdi. Uygʻun, Asarlar
DAKKI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАККИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dakki so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar