dala
bilan ulashing
1. Aholi yashaydigan joydan tashqarida boʻlgan, ekin ekiladigan yer, ekinzorlar.
-
Ekin dalasi. Paxta dalasi. Mehnat dalasi. Paxtazor dala. Bogʻbon bogʻini tuzar, Dehqon dalasin suzar. Maqol
-
Ayollar dalada, bolalar mol-hollarni oʻtlatgani olib ketishgan. S. Ahmad, Ufq
-
Toʻgʻri, chorshanba kuni dalaga qoʻsh chiqishi kerak. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. Shahardan tashqaridagi bogʻ, qoʻrgʻon va yer-suvlar. -
-
Pochchang oʻlsin! — dedi achchiqlanib Xushroʻy, — Najmiddinbek deganning dalasiga ketgan edi. Toʻrt kundan beri dom-daraksiz. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
3. Umuman keng tabiiy sayhon yer, yovon.
-
Dala, kirlar qirmizi koʻylak kiygan suluv kelinchakdek yashnab ketgan. Gazetadan
-
Adoqsiz dalalar, oftob oʻt purkaydi. Saodat
-
Dov-daraxtlar, tom-tosh, dalayu qirlar oppoq edi. S. Ahmad, Ufq
4. Uydan (xonadan) tashqari joy, hovli, koʻcha.
-
Onaning koʻngli bolada. Bolaning koʻngli dalada. Maqol
-
Daladan kelgan oʻgʻrini tutish oson, Uydagi oʻgʻrini tutish qiyin. Maqol
-
Men daladan olay xabar Oʻyin qilib turgin, qizlar. Malikayi ayyor
dala soʻzi qatnashgan jumlalar:
Dala shiyponi
-
Koʻziga oynak tutib olgan traktorchi yigit dala shiyponi oldiga kelib toʻxtadi. N. Safarov, Jasoratning davomi
-
Zovur boʻylab bir oz yurgach, dala shiyponi roʻparasidan chiqdik. Gazetadan
Dala hovli
-
Dala hovlining oldidan katta soy oqib oʻtadi. Gazetadan
-
Dala hovli uchun darvozasi bilan tayyorlangan panjarani boʻyashda davom etdi. Gazetadan
Dala mashqi
-
Elmurodning vzvodi ham batalon bilan ikki haftalik dala mashqiga chiqqan edi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Xatdagi sodda, yoqimli soʻzlar, uning tanish imzosi, dala pochtasining besh raqamli adresi — bularning hammasi Eralining sogʻ-salomatligidan dalolat berib turardi. I. Rahim, Chin muhabbat
DALA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dala so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar