did
bilan ulashing
1. Goʻzallikni, nafosatni his etish, undan estetik zavq olish qobiliyati.
-
Nozik did. Did bilan kiyinmoq. Didiga toʻgʻri (mos) kelmoq. Har kimning didi boshqa, har gulning hidi boshqa. Maqol
-
Ustunlar naqshinkor, bino peshtoqlariga did bilan rang berilgan edi. E. Usmonov, Yolqin
-
Hovlidagi orastalik uy egasining yaxshi did egasi ekanidan dalolat edi. Yoshlik
-
Xalqimizning kitobga boʻlgan ehtiyoji, estetik didi ham oʻsmoqda. Saodat
2. Aql-farosat, fahm, idrok.
-
Didingga did qoʻsh, Farosatingga — farosat. Maqol
-
Dunyodan umidi boʻlmagan odamda did ham, orzu-havas ham suvga urib ketar ekan. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
did soʻzi qatnashgan jumlalar:
Didiga oʻtirmoq
-
Ayolning xushsuxanligiyu pazandaligi ham, uy-roʻzgʻor tutishi ham Rohat xolaning didiga oʻtirishdi. L. Tojiyeva, Mehrim sizga, odamlar
Didini bermoq
-
Oʻzi yosh boʻlsa ham, oltmish yashar cholning didini beradi.
DID so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДИД so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
did so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar