do‘ppi
bilan ulashing
Avra-astarli, koʻpincha qavima, pilta urilgan, tepa, kizak va jiyakdan tarkib topadigan guldor yoki gulsiz, toʻgarak yoki toʻrtburchak shakldagi bosh kiyimi.
-
Baxmal doʻppi. Gilam doʻppi. Hoji doʻppi. Chust doʻppi. Zar doʻppi. Bosh omon boʻlsa, doʻppi topilar. Maqol
-
[Sidiqjon] Nima deyishini bilmay, boshidan doʻppisini olib, u yoq-bu yogʻiga chertdi, tizzasiga qoʻyib, jiyagini tortdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Esiz yigitlik, esiz boshdagi doʻppiyu beldagi qiyiq. S. Ahmad, Ufq
do‘ppi soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tagdoʻzi doʻppi
-
Yoʻlchi uchun oʻzi tayyorlagan yaxi/i tagdoʻzi doʻppini kiydirdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Mansur jilmayar, chust doʻppi kiyib olgan, oʻjar sochlari doʻppini koʻtarib turardi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
ayniqsa yangi tus doʻppi bilan qiyiqchasiga osilgan pichoq uni benihoya xursand qilib yubordi. Oʻ. Usmonov, Saylanma
Birovning doʻppisini birovga kiygizmoq
-
Buni birovning doʻppisini birovga kiygizish deydi. Shukrullo, Saylanma.
Doʻppini almashtirgandek
-
Bosh omon boʻlsa, ish topish doʻppini almashtirishga oʻxshash bir narsa. A. Obidjon, Akang qaragʻay Gulmat
Doʻppini yerga quyib
-
Ketidan pachavasi chiqmasligi uchun, doʻppini yerga qoʻyib oʻylab koʻring oldin. Oybek, Tanlangan asarlar
Doʻppining tagida odam bor
Doʻppini osmonga otmoq (yoki irgʻitmoq, tashlamoq)
-
Bu yerda ikki-uch ovora boʻlib, ish bitirgan odam doʻppisini osmonga otib xursand boʻladi. Mushtum
Doʻppisini ol desa, kallasini (yoki boshini) olmoq
-
Tasaddugʻingiz ketay, doʻppisini olib kel desangiz, axir biz jallod boshini kesib keltiramiz-da. Hamza. Boy ila xizmatchi
Doʻppisi yarimta
-
Bizning sartiya juda begʻam hech nima boʻlmaganday, doʻppisi yarimta! Halqumigacha qarzga botganini oʻzi sezmay qoladi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Doʻppi tor kelib qoladigan vaqtlarda kabob qilib yuboramiz. M. Muxamedov, Qaxramon izidan
-
Oʻylab qarasam, doʻppi tor ekan. Kattaroq ish qilishga qoʻlimiz kalta ekan. I. Rahim, Ixlos
DO‘PPI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДЎППИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
do‘ppi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar