duogo‘y
bilan ulashing
1. Duo qiluvchi, duo oʻquvchi; biror tilak bilan xudoga yolvoruvchi.
-
Oʻtirganlar dast turib, xon duogoʻyiga qulluq qilishdilar. S. Siyoyev, Avaz
2. koʻchma Kimsaga yaxshiliklar tilovchi; mehribon.
-
Sen boʻlgaysan duogoʻyim, Jonim ena, xush qol endi. Murodxon
-
Aftidan, kampirim qazo qilganga oʻxshaydi. Duogoʻyimdan ayrildim, elat! Oybek, Quyosh qoraymas
3. Duolar oʻqib yoki yozib, goʻyo ins-jinslarni qaytaruvchi, shu yoʻl bilan kasallarni davolovchi shaxs.
4. Issiq-sovuqchi, azayimxon.
-
— Men shu vaqtgacha duogoʻydan hech shifo topmaganman — dedi Qalandar degan bandi. S. Ayniy, Doxunda.
DUOGO‘Y so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДУОГЎЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
duogo‘y so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar