durust
bilan ulashing
1. sifatdosh Yaxshi, tuzuk.
-
Durust odam,
-
Husayn Boyqaro harbiy sanʼatni durust bilar edi. Oybek, Navoiy
-
Shunday qarorga kelingani ancha durust boʻlgan ekan. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. krsh s. vzf. Maʼqul, yaxshi, oʻrinli.
-
Rayimboyning qishlogʻidanmi? Ha, durust. S. Ahmad, Ufq
-
Durust, men gapingizga ishonaman, lekin anovlarni ishontirish uchun kuchli dalil kerak. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
3. Sogʻ, tetik, sogʻ-salomat.
-
Murod endi oʻzini ancha durust sezardi. T. Ashurov, Oq ot
-
Tergovchi kelganida, Qudratullo oʻzini ancha durust his qilardi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina
4. Moʻl, koʻp, unumli.
-
Bu yil sabzavot ekinlaridan ham durust hosil olinadi. Gazetadan
-
Sidiqjon tushki dam olishdan keyin kechgacha xiyla durust ishladi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
5. Munosabati yaqin va joyida, oʻzaro qalin.
-
Usta Turdiali xudo bilan durust edi, uch yarim yashar qizchasi oʻldi-yu, orasi buzildi. A. Qahhor, Qabrdan tovush
DURUST so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДУРУСТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
durust so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar