durdona
bilan ulashing
1. Durning sarasi; yirik va toza inju.
-
Gullar koʻpdir bu xilqat aro, Durdonalar yangligʻ sochilgan. A. Isroilov, Biz — dunyo odamlari.
-
Qaqir sahro bugun toʻyxona boʻldi, Yeri — zar, toshlari durdona boʻldi. Habibiy.
2. koʻchma Toza, begʻubor, durdek oppoq.
-
Soʻzi shirin, tishlari durdonadir, yor-yor. Qoʻshiqlar
-
Durdona tishing, laʼli labing Ham qora xoling, bu husni kamoling. Habibiy
3. koʻchma Bebaho, qiymatli, nodir, qadrli narsa haqida.
-
Soʻz — durdona, uni odamlarga guldasta qilib tut. Gazetadan
-
Mana, shundoq bitta afsona, Afsonalar ichra durdona. Oybek, Navoiy va Guli
-
Dur ichra durdonam deyman, Yolgʻizim, yagonam deyman. M. Yusuf, Uyqudagi qiz
4. koʻchma Chuqur maʼnoli, mazmunli, qimmatli.
-
Durdona asar. Durdona soʻzlar.
-
Kuyla, sozim, yuragim, sheʼrim Har bir satri olmos, durdona. Gʻayratiy
-
Bobo ibratnamo afsona boshlab, Soʻzi qiymatbaho durdona boshlab Habibiy
5. koʻchma Badiiy, madaniy, maʼnaviy meros hisoblanadigan qimmatli asarlar, obidalar.
-
Yillar oʻtaverdi, shoirning sheʼriy durdonalari nasllardan nasllarga meros boʻlib qolaverdi. N. Safarov, Olovli izlar
-
Turfa xil moddiy va maʼnaviy durdonalar bilan tanishar ekanmiz, zamin-u zamonlar chashmasidan bahramand boʻlamiz. Gazetadan
6. koʻchma Ekinlardan olingan hosil.
-
Vatan xazinasiga 3,5 million tonnadan ortiq durdona toʻqildi. Gazetadan
-
Har tup gʻoʻza, har nihol Durdonaga aylanib, Chanoqlari urdi barq. Gʻayratiy
7. Durdona (xotin-qizlar ismi).
DURDONA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДУРДОНА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan DURDONA so‘ziga berilgan ma’nolar
durdona so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
durdona so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing