erkin
bilan ulashing
1. Har qanday toʻsiq, gʻov, monelik va shu kabilardan xoli boʻlgan, erk-ixtiyori oʻzida boʻlgan.
-
Erkin hayot.
-
Nahot chayqovchi oʻzini shuncha erkin sezsa! A. Qahhor, Asarlar
-
endi erkin qush, boshi oqqan tomonga uchishi mumkin. F. Musajonov, Himmat
2. Qiynalmay, qiyinchiliksiz, bemalol.
-
Mashqlarni erkin bajarmoq. Erkin harakat qilmoq.
-
Oʻrta Osiyo xalqlari tillarida erkin soʻzlaydigan Aleksandr Vasilyevich Sidorov bilimdon kishi edi. Nazarmat, Joʻrlar baland sayraydi
3. Ochiq-oydin, bemalol tarzda.
-
Mazkur kitobda fuqaro huquqi haqida birmuncha erkin fikrlar aytilganini saroy ahli, jumladan, ahli fuzalo bilar edi. Mirmuhsin, Meʼmor
4. Qisinish, tortinishdan xoli holda; bemalol.
-
Ular bilan koʻpdan tanishdek erkin gaplashib ketdim. M. Xayrullayev, Tilla marjon
-
erkin, oʻrtogʻi bilan gaplashayotganday boʻldi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
-
Ahmadning oʻzini erkin tutishi Tolib akaning sal jigʻiga tegdi. F. Musajonov, Himmat
5. Siyosiy, iqtisodiy, huquqiy mustaqillikka ega boʻlgan, ozod, hur.
6. Erkin (erkaklar va xotin-qizlar ismi).
erkin soʻzi qatnashgan jumlalar:
Erkin nafas olmoq
-
Ahmad koʻchaga chiqib, sal erkin nafas oldi. F. Musajonov, Himmat
-
Xamroyev boylar qoʻlida erkin nafas olishni, odamdek yashashni orzu qilardi. Gazetadan
Erkin sheʼr
ERKIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЭРКИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
erkin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar