fakt
bilan ulashing
1. Oʻylab topilmagan, uydirma boʻlmagan, real, mavjud narsa; haqiqiy voqea, hodisa.
-
Suhbatlarni jonli, qiziqarli, turmushdagi faktlarga suyanib oʻtkazish kerak. R. Fayziy. Choʻlga bahor keldi.
-
Har qanday dadil fantaziyaning zamirida ham hayotiy tajriba, real faktlar, manzaralar yotadi. U. Normatov, Talant tarbiyasi
2. Bor narsa, voqea yoki hodisa haqida maʼlumot, dalil.
-
— Hamma boʻlgan faktlarni yoza ber. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Endi u dangal faktlarni roʻpara qilishga ishga qaror berdi. P. Tursun, Oʻqituvchi.
3. Biror narsa haqida xulosa chiqarish, qatʼiy bir fikrga kelish uchun xizmat qiladigan narsa, asos (masalan, hujjat, dalil, misol). Jinoyat yuzasidan yigʻilgan faktlar yetarli edi.
-
Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi sud ishlarini koʻrib chiqish praktikasi muhokama etildi. Gazetadan
-
Shundan soʻng rais Nizomiddinovga tanbeh qildi: Konkret faktlarga oʻting. A. Qahhor, Tanlangan asarlar
FAKT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ФАКТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
fakt so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar