fason
bilan ulashing
1. Kiyim, poyabzal va shu kabilarning bichimi, tashqi koʻrinishi, shakli, modeli.
-
Yangi fasonda tikilgan tufli.
-
Mijoz fason tanlagandan keyin, undan oʻlchovlar olinadi va bir necha soatdan soʻng kiyim tayyor boʻladi. Fan va turmush
2. so‘zlashuv tili Yangi bichim yoki modelda tikilgan, ilgari koʻrilmagan nusxadagi.
-
Fason koʻylak. Fason tufli,
-
U [Gʻoyibjon] yangilikni sevadi, yangi fasonni yoqtiradi. M. Joʻra, Iztirob
-
Koʻylak uchun yurgan kabi jahonda, Oʻttiz koʻylak bari turli fasonda. Mushtum
3. so‘zlashuv tili Bashang boʻlib yuradigan; olifta.
-
Fason yigit. Fason boʻlmoq.
-
Bu Nazo fason bizga tinchlik beradimi, yoʻqmi? S. Ahmad, Qadrdon dalalar
-
Ha, ana bu soat! Ertaga fason qilib, rayonga taqib boramiz. Uygʻun, Asarlar
FASON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ФАСОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
fason so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar