fasod
bilan ulashing
1. Tirik organizmning yalligʻlanishi, chirishi tufayli vujudga keladigan qoʻlansa hidli sargʻish-koʻkish quyuqroq suyuqlik; yiring.
-
Fasod bogʻlagan yara. Yaraning fasodini chiqarmoq.
-
Difterit kasalligi yuzaga chiqqanda, tomoqda oq fasod paydo boʻladi. N. Ismoilov, Kasallarni parvarish qilish
-
Fasodni siqib chiqaraman, deb yarani gazak oldirib qoʻydim. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
2. koʻchma Fitnalik bilan qilingan gʻiybat, igʻvo.
-
poytaxt osoyishtaligini buzgan ahli fitna va fasod ham jazodan xoli qolmasligi lozim. Oybek, Navoiy
-
Oʻzaro talashlar, fitnayu fasod Mehnatni, savdoni, qoʻshiqni ezdi. M. Shayxzoda, Toshkentnoma
3. koʻchma Yaramas, chirkin.
-
Turkistondan darhol qochish kabi fasod xayollarga bormaylik. K. Yashin, Hamza
fasod soʻzi qatnashgan jumlalar:
Fasod olmoq
FASOD so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ФАСОД so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
fasod so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar