fasl
bilan ulashing
1. Bir yilni tashkil etadigan toʻrt mavsumning biri (qish, bahor, yoz, kuz).
-
Toshkentda uch fasl yoz: Bahor — shoshgan ichki yoz. Yoz — katta va asl yoz. Kuz — kechikkan kechki yoz. M. Shayxzoda, Toshkentnoma
-
Har faslning oʻz xislati bor. Har faslning — oʻz fazilati Uygʻun. Har faslning oʻz husn-latofati bor, degan gapni yil fasllari toʻgʻrisidagina emas, umr fasllari toʻgʻrisida ham aytsa boʻlar ekan. A. Qahhor, Asarlar
2. esk .
-
Asarning biror bobi, qismi. Kitob toʻrt fasldan iborat.
-
Bu borishdan [ Otabek] biror ish chiqara oldimi, yoʻqmi, bu toʻgʻrida biz kelasi fasllarning birida oʻrganarmiz. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Har oʻltirganda nahot bir hikoya yoki biron romanning bir faslini bitirolmasam. A. Qahhor, Sarob
3. koʻchma Vaqt, muddat, davr.
-
Oʻt solasan qalbimga, ey gul, Sevgi fasl tanlamas ekan. J. Jabborov, Togʻlar sadosi
-
Sevishmak goʻzal fasl, sevgi yoshlik muttasil. Gʻayratiy
fasl soʻzi qatnashgan jumlalar:
Uygʻonish fasli
-
Ayon bir xislating bordir azaldan, Seni atamishlar uygʻonish fasli. A. Oripov, Yillar armoni
-
Fasli bahor koʻchma Umrning eng yashnagan, kamolga yetgan davri. Hojixonning fasli bahori ham, husn-u malohati ham, kuch-u quvvati ham tugalishga qarab yuz tutdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
Bir fasl
-
Bir fasl jim boʻlgan mehmonxona ichida yana tapir-tupur, toʻpolon boshlandi. S. Ayniy, Qullar
-
Janoblari bir fasl oʻtirib tursalar, hozir olib chiqaman. Oltin beshik
FASL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ФАСЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
fasl so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar