hisobot
bilan ulashing
1. Oʻz ishlari, topshiriqning bajarilishi va shu kabilar haqida tegishli masʼul shaxs, tashkilot kabilarga beriladigan (berilgan) ogʻzaki yoki yozma tarzdagi rasmiy axborot.
-
Yillik ishlar hisoboti. Komandirovka hisoboti. Deputatning saylovchilar oldidagi hisoboti.
-
Yigʻim-terim davrida ayrim brigadalarning hisoboti eshitib turildi. Gazetadan
-
Mana bu hisobotlarni institut ilmiy sekretariga topshirib, keyin Fanga oʻtasiz S. Nurov, Narvon
2. Shunday axborotni eshitish uchun boʻladigan yigʻin.
-
Yillik hisobotga uch kun qolganda Gʻalaba kolxozining raisi Mahmud Bekmirzayevni raykomga chaqirishdi. Oʻ. Usmonov, Sirli sohil
-
Hisobotdan soʻng Sultonov rayondan kelgan ikki vakilni kapasiga taklif etdi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
hisobot soʻzi qatnashgan jumlalar:
Hisobot davri
-
Hisobot davrida asosiy eʼtibor paxtachilikni rivojlantirishga, uning samaradorligini oshirishga qaratildi. Gazetadan
HISOBOT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲИСОБОТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hisobot so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar