hisobla
bilan ulashing
1. Sanab, miqdorini aniqlamoq, sanamoq.
-
Pulni hisoblamoq. Minutlarni hisoblamoq. Barmoq bilan hisoblamoq. Ekilgan koʻchatlarni hisoblab, yana 20 tup ekish kerakligini aytdi.
2. Nomaʼlum bir miqdorni hisob yoʻli bilan aniqlamoq, hisoblab topmoq.
-
Hozir bir sentner paxta necha mehnat kuniga tushadi? Oʻrmonjon buni hech qachon hisoblab koʻrmagan boʻlsa kerak, javob bera olmay iljaydi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
oʻz imkoniyatlarini hisoblab chiqib, yana davlatga qoʻshimcha kumush tola yetkazib berishga ahd qilishdi. Gazetadan
-
hisoblab qarashsa, yigitchaning gardaniga pirasant [protsent] bilan rosa sakkiz yuz soʻm pul tushibdi Oybek, Tanlangan asarlar
3. Hisobga olmoq, hisoblanuvchi narsalar qatoriga qoʻshmoq.
-
Tabiatimni lanj qilgan baʼzi nuqsonlarni hisoblamasam, men safarimdan xursandman Mushtum
-
Ovqat, kiyimni emas, suvni ham hisoblaydi u qizitaloq [boy]. Oybek,Tanlangan asarlar
-
Yogʻga hisoblab, 35 ming 500 soʻmga sut sotib olib topshirganmiz degin Mushtum
4. Biror tarzda baholamoq, maʼlum bir xulosa chiqarmoq; -deb bilmoq, oʻylamoq.
-
Hayoti mobaynida ikki tup nihol ekib oʻstirgan inson oʻz umrini mazmunli oʻtdi, deb hisoblashga haqlidir. Gazetadan
-
.shu maktubni olgan kuningizdan boshlab oʻzingizni mendan begona va nikohimdan tashqari hisoblasangiz boʻladir A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Operatsiya paytida xirurg eng yaqin odamini ham begona hisoblaydi. Oʻ. Hoshimov, Nur borki, soya bor.
-
Ayolni kamsitgan kimsani odam hisoblamang. Gazetadan
5. maxs. Nomaʼlum sonni hisoblab chiqarmoq, shu maqsadda hisoblash ishi olib bormoq.
-
Bu formulalar shamolning tezligini hisoblash imkonini beradi.
HISOBLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲИСОБЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hisobla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar