hisoblash
bilan ulashing
1. Hisoblamoq feʼlining birgalik nisbati.
-
Anovi kun Marajabbek bilan hisoblashib koʻrsak, Qoʻqonning oʻzidan ikki yilning ichida yetmish sakkiz bek oʻldirilibdir. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Baʼzilar Saidiyning bu shoshqaloqligiga, oʻzini tutolmasligiga katta ahamiyat berib, uning gapda ishtirok etishini ham xavfli hisoblashar edi. A. Qahhor, Sarob
2. Oʻzaro hisob-kitob qilmoq, ora ochiq qilmoq.
3. (“bilan” koʻmakchisi yordamida) Ish-faoliyat, muomala va shu kabilarda hisobga olib ish tutmoq; hisobga olmoq.
-
Sharoit bilan hisoblashmoq. Qonun bilan hisoblashmoq.
-
Kozimbek oʻqituvchilar u yoqda tursin, hatto ilmiy mudir bilan ham hisoblashmadi. A. Ibroximov, Soʻnggi nur
-
Oʻsha yillari Uygʻur aktyor sifatida tanilgan edi. Shuning uchun ham yosh teatr ishqibozlari uning fikri, maslahati bilan hisoblashardilar. F. Joʻrayev, Obid Jalilov
HISOBLASH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲИСОБЛАШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hisoblash so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar