hissa
bilan ulashing
1. Maʼlum maqsad bilan boʻlingan, qismlarga ajratilgan narsaning har bir boʻlagi, qismi; qism, boʻlak.
-
Hosilning toʻrtdan uch hissasi.
-
Keyin loyqa suvda baliq tutib, oʻziga katta hissani qoʻporadi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Muayyan shaxs yoki narsaning haq-huquqi, imkoni; tan, chek.
-
Majididdin oʻz hissasiga tushgan tumanlarni sanab chiqdi. Oybek, Navoiy
3. aynan Ulush 1.
-
Oʻz hissasini ortigʻi bilan oldi.
-
Ilgariga, hech boʻlmasa, har kimga oʻz hissasi tushadi, degan umid bor edi. Endi uch xotinga bir hovuchdan yer, qolgan hammasi Zebixonga Choʻlpon, Kecha va kunduz
-
Madrasa vaqfidan kutubxonador uchun ham hissa tayin qilganlar. S. Ayniy, Esdaliklar
4. Biror narsa, umumiy ish va shu kabilarni tashkil etuvchi qism; unga qoʻshiladigan qism; ulush.
-
Bu ishda mening ham munosib hissam bor.
-
Islom madaniyatini rivojlantirishga katta hissa qoʻshgan muhtaram zotlarning nomlari butun olamga mashhur. Gazetadan
-
Ushbu nashrga Lutfiyning oʻzbek klassik sheʼriyati taraqqiyotiga zalvorli hissa boʻlib qoʻshilgan ajoyib sheʼriy merosidan namunalar kiritildi. Gazetadan
5. eskirgan Biror tashkilot yoki toʻdaga qoʻshilish, sherik boʻlish yoki aʼzo boʻlish uchun kirish haqi sifatida toʻlanadigan haq, pay.
6. Marta, barobar.
-
Uch hissa ortiq. Daromad oʻtgan yilgiga nisbatan ikki hissa koʻpaydi.
-
Burnogʻi yili sanoat korxonalari ikki yarim hissa mahsulot yetkazib berdi. Gazetadan
-
shunday voqealar sodir boʻldiki, bular dahshatli afsonadan ming hissa yomonroq boʻlib, ularni daf qilishga soʻfilarning azoni ham kor qilmay qoldi. P. Tursun, Oʻqituvchi
hissa soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qissadan hissa
-
— Kun shunday isib tursa, iyulda moʻljalga yetib olish mumkin. Kuz ham bahorning hissasini chiqarmay iloji yoʻq edi, — dedi Xolmirza. I. Rahim, Hilola
-
Sidiqjon, xuddi kech kelganimning hissasini chiqaraman deganday, darrov ishga tushdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
HISSA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲИССА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hissa so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar