un
bilan ulashing
1. Rivojlanib, boshlangʻich poya va bargchalar hosil qilmoq; nish holati yuz bermoq (ekilgan urugʻ haqida).
-
Oradan koʻp vaqt oʻtmadi, yangi nav urugʻ unib chiqdi. N. Safarov, Don
2. Oʻsib chiqmoq, oʻsmoq.
-
Yakkam-dukkam ungan makkajoʻxori nihollari, parvarish nimaligini bilmay, qisilib yotibdi. Mushtum
-
Sahrolar qoʻynida chamanlar unib Uygʻun
3. Yuzaga kelmoq, hosil boʻlmoq, yetishmoq.
-
Qunt bilan oʻrgan hunar, Hunardan rizqing unar. Maqol
-
Ter toʻkib mehnat qilsang, Yerdan hatto zar unar. Maqol
-
Yer oʻtdimi, ular ham hozirdan bizga oʻtadi. Hammasi yerdan ungan narsalar Sharq yulduzi
4. Jismoniy yetuk holga kelmoq, ulgʻaymoq, yetilmoq.
-
Otni toychaligida koʻrgan kishi, u ot boʻlgach, koʻrsa tanimaganidek, eshon ham oʻn yil ichida oʻsib, unib, tamom boshqa qiyofaga kirgan yigitni taniy olmadi. P. Tursun, Oʻqituvchi
5. Qistash, talab qilish, taʼsir koʻrsa-tish natijasida qoʻlga kirmoq (qarz, nasiya, ziyofat va shu kabilar haqida).
-
Qarz undi.
-
Hammasini undiramiz. Qani, unmay koʻrsin-chi! P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Miroslav yutqizgan ziyofat unadigan boʻlibdi. H. Ahmar, Kim haq?
6. Yaxshi natija bermoq, unumli boʻlmoq.
-
Shoshganning ishi unmas. Maqol
-
Endi, xoʻjayin, ish unsin desangiz, oshni peshinga damlatasiz. T. Alimov, Jonim hiqildogʻimga keldi
UN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
un so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar