hisob-kitob
bilan ulashing
1. Bajarilgan ish, xizmat uchun qilingan sarf-xarajat va toʻlanadigan haqning hisobi.
-
Shu kungacha baʼzilarning haqiga xiyonat qilindi. Hisob-kitobda ular oʻz haqlarini talab etadilar. Mirmuhsin, Meʼmor
-
— Shartnomani bajardik, xoʻjayin, endi hisob-kitob — dedi sekingina. J. Sharipov, Xorazm
-
Qutbiniso boyning hisob-kitobini tinglab, nihoyat, besh qadoqcha xashaki oʻrik undirib qaytadi. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. Kirim-chiqim, daromad va xarajatlar hisobini qilish; hisoblash.
-
Mirhosil daryo boʻyidagi brezent chodirda yolgʻiz choʻt qoqar, hisob-kitob bilan mashgʻul edi. H. Gʻulom, Mashʼal
3. Shunday hisob ishlarini olib borish va qayd etish, shuningdek, qayd etilgan hujjat.
-
Hisob-kitob ishlaridagi chatoqliklari tufayli buxgalter Mayusuf ishdan boʻshab ketdi. Mushtum
-
Jamoaning hisob-kitob ishlarini olib borishga sizday oʻqimishli kishilar kerak. H. Gʻulom, Mashʼal
4. Umuman, biror narsa haqida olib borilgan ishlar hisobi, hisob natijalari.
-
Hisob-kitoblarga koʻra bunday chiqindilar miqdori 1980 yilga borib yiliga 30 million tonna, Oʻzbekistonda esa Olmaliq, Samarqand va Qoʻqondagi oʻgʻit zavodlari chiqindisi sakkiz million tonnani tashkil etadi. Fan va turmush
5. koʻchma Oʻzaro munosabat, uni bir yoqli qilish.
-
Ruhingiz shod boʻlsin, qurbon boʻlganlar, Keldi yov-la hisob-kitob onimiz. V. Zohidov, Hayotbaxsh badiiyat taronalari
-
Bolsheviklar bilan hisob-kitobni tugatamiz! N. Safarov, Tanlangan asarlar
hisob-kitob soʻzi qatnashgan jumlalar:
Hisob-kitob qilmoq
-
Qiz mashinadan tushib, shofyor bilan hisob-kitob qilayotib, kulib qoʻydi. Shuhrat, Jannat qidirganlar
-
Qarasa, kabobpaz yigit: — Hisob-kitobni qiling-u, ulfatingiz bilan daf boʻling, — deb turibdi. Guldasta
Hisob-kitob qilmoq
-
Dushman bilan hisob-kitob qiladigan vaqt yetdi;
-
Munira tugʻuruqxonadaligida Ahmad ishxonasiga borib, uzil-kesil hisob-kitob qilib keldi. F. Musajonov, Himmat
Hisob-kitobini olmoq
-
Mahkamovning otpuskasi tugashi bilan unga hisob-kitobingni ol, deyishdi. Mushtum
HISOB-KITOB so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲИСОБ-КИТОБ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hisob-kitob so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar