hosil
bilan ulashing
1. Ekin, daraxt kabilardan yetishtiriladigan, olinadigan don, sabzavot va shu kabilar
-
Xalqim yetishtirgan hosil choʻgʻiga Baland togʻlar hayron qarab turibdi. A. Oripov, Yillar armoni. tarvuzning eng qimmatli navlari ekilib, moʻl hosil olindi. Gazetadan
-
Samarqand atrofidagi bogʻlarda mevali daraxtlarning shoxlari, yetilgan hosildan egilib, yerga salom beradi. Saodat
-
Bu yil hosil miqdoridan tashqari tola sifatiga alohida eʼtibor beriladi. Gazetadan
2. Hosil (erkaklar ismi).
hosil soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ishonch hosil qilmoq
Murod hosil boʻlmoq
-
Bu bilan murod hosil boʻlmaydi: kattaroq miqyosdagi ishni oʻylash kerak. K.Yashin. Hamza, Sen yoʻliqib hosil boʻldi murodim Nurali
Qanoat hosil qilmoq
Hosil boʻlmoq
-
Toʻgʻon bitib, jar oʻrniga katta koʻl hosil boʻldi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina
-
Reaktorda hosil boʻladigan issiqlikni chiqarib tashlash uchun ikki konturli sistema qoʻllanadi. Fan va turmush
-
Yosh yigitning koʻnglida tomchilardan hosil boʻlgan sevgi tobora chuqurlasha berdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
Hosilga kirmoq
-
Hovlilarda hosilga kirgan nok, olmalar koʻzga tashlanadi. Oʻzbekiston koʻriklari
HOSIL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲОСИЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hosil so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar