hurmat
bilan ulashing
1. Kimsa yoki narsaga boʻlgan qadrlash, ulugʻlash tuygʻusi; shunday tuygʻuli munosabat.
-
Ota-onaga hurmat. Keksalarga hurmat. Ustozlarga hurmat. Oʻz kasbiga hurmat.
-
Bu oilada oʻzaro hurmat, oʻzaro yordam, obroʻ-eʼtibor mujassamlashgan. Gazetadan
-
Hurmat insonga mehnat orqali, kamtarlik, halollik orqali keladi. Yoshlik
-
Mehnatga hurmat axloqning eng yuksak dasturlaridan biridir Oybek, Nur qidirib
2. Qozonilgan, orttirilgan hurmat; obroʻ, eʼtibor.
-
Elda hurmati zoʻr.
-
Men oʻz mehnatim bilan jamoada tanildim, hurmat qozondim. Gazetadan
-
Eshitishimcha, Axsida hazrati oliyni, hurmatlariga yarasha maʼraka oʻtkazib, qabrga qoʻyishganlar P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Oh, ona tuprogʻim, oʻsgan joylarim, Koʻnglimda saqlanar hurmating, qadring. Mirtemir
3. Hurmat (erkaklar va xotin-qizlar ismi).
hurmat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Hurmat qilmoq
-
inson oʻzligini bilishni, oʻzgalarni hurmat qilishni, odamiylikning: samimiylik, mehribonlik rostgoʻylik kabi nodir fazilatlarini oʻzi-da mujassam etadi. Gazetadan
-
Mehnatni hurmat qilish samarali va sifatli ishlashga intilish har bir yigit va qizning burchi va vazifasidir. Gazetadan
-
Boshqasi boʻlsa, qamchin bilan solar edim, lekin soqoling oqini hurmat qildim Oybek, Tanlangan asarlar
Hurmatini qilmoq
-
Otangning hurmatini qilib, seni zovutimdan haydamadim K. Yashin, Hamza
Hurmat taxtasi
-
Garajimizdagi Hurmat taxtasiga mening ham suratimni qoʻyishmoqchi ekan. S. Siyoyev, Yorugʻlik
HURMAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲУРМАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hurmat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar