hurmatli
bilan ulashing
1. Hurmatga loyiq, hurmat-eʼtibor qozongan; izzat-obroʻga ega.
-
Bektemir generallarni urushning butun hikmatlarini biladigan bagʻoyat hurmatli, aziz odamlar deb bilardi. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Asqar ota bu hurmatli juvon boshqa xotinlardan raftori bilan ajralib turar, degan bir oʻyda edi, biroq, Sobiraxon yor-u doʻstlari orasida shularning biri boʻlib qolganini koʻrib, ajablandi. A. Qahhor, Xotinlar
2. Murojaatda hurmat, takallufni ifodalaydi.
-
U kostyumining choʻntagidan buklogʻlik qogʻoz olib, yana Yodgorga qarab qoʻydi: Hurmatli institut rahbarlari, domlalar. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Asrorqul xatni tovush chiqarib oʻqidi: — Hurmatli Asrorqul ota! Ertaga kechqurun mehmonlar bilan birlikda xizmatingizda boʻlamiz A. Qahhor, Asror bobo
HURMATLI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲУРМАТЛИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hurmatli so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar