hurpay
bilan ulashing
1. Tikkaygan, toʻzgʻigan holat olmoq (soch, jun, pat kabilar haqida).
-
Aravaga, undan boshqa, yarim yalangʻoch, sochlari hurpaygan bir yigit ham oʻtirdi. Oybek, Nur qidirib
-
Boʻgʻot labida bir-biriga qarab hurpayib turgan ikki mushukning biri pishillab, keyin chaqaloqning yigʻisidek miyovlab yubordi. S. Ahmad, Hukm
-
qiz qarasa, ikki musicha hurpayib olib, bir-biri bilan urishyapti. Yu. Shomansur, Qora marvarid
2. koʻchma Avzoyi buzuq, yoqimsiz qiyofaga kirmoq.
-
-Ogʻir haqorat bilan tepamga hurpayib kelgan Qoplonbekov, kuchli qoʻllari bilan yuzimga bir tushirdi, — dedi Poʻlat. Gʻayratiy, Mening yoshligim.
-
Ammo Zaynab hurpayib, hech kim bilan soʻzlashmay qoʻyar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Lobar, jangga hozirlangan xoʻrozday hurpayib, panjalarini keng yoyib, Gulnozning ustiga bostirib keldi. H. Gʻulom, Toshkentliklar
-
Qishloqlar hurpaygan, sukunatga choʻmgan. H. Tursunqulov, Hayotim qissasi
-
Hurpaygan bulut osilib turaverdi-yu, yomgʻir yogʻmadi. A. Muxtor, Opa-singillar
HURPAY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲУРПАЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hurpay so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar