husn
bilan ulashing
1. Yoqimli, oʻziga tortuvchi tus, koʻrinish; chiroy, koʻrk (inson yuz tuzilishi, ifodasi, rangi va shu kabilarga nisbatan).
-
Husn toʻyda kerak, aql kunda kerak.
-
Gulshanbonu Xudoyor xonligining ikkinchi davrida oʻz husni bilan bir necha martaba xonning iltifotiga sazovor boʻlgan haram kanizlaridan edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Sodiqjon odobli, aqlli, qomat-u husnda ham koʻzi tushgan qizlarni qoqiltiradigan yigit edi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
-
Tashvish qiz bolaning husnini olarkan, shoʻxligini ham, ovozidagi latofatini ham quvarkan. S. Ahmad, Ufq
2. koʻchma Yoqimli koʻrinish; chiroy.
-
Biz, etagimizdagi yamoq koʻrpaday, qishlogʻimiz husnini buzib turgan choʻl parchasiga soʻnggi marta hujum qilamiz. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Kechagi changbosdi yomgʻir tabiatga husn berib ketganidek, odamlarning ham bahridilini ochib yuboradi. N. Fozilov, Diydor
3. koʻchma Chiroy boʻluvchi narsa, chiroy timsoli; chiroy.
-
Fargʻona — Oʻzbekistonning husni, xoli. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Yaxshi yigitlar — armiyaning husni! Shuhrat, Shinelli yillar
-
Kanalning ikki yoqasi boʻylab qurilgan ikki qavatli binolar shu qadar koʻrkamki metallurglar shaharchasiga husn boʻlib tushgan edi. N. Safarov, Tanlangan asarlar
husn soʻzi qatnashgan jumlalar:
Husni axloq
-
Imom, maktab domlasi va bir mudarris ham, bu munosabat bilan, bolalarga husni axloqni taʼlim [berish] xususida bir oz dahanaki jang qilishdi. Oybek, Tanlangan asarlar.
Husni mutlaq
-
Uch kunlik hayotning neʼmatlaridan qoʻl qoqib, husni mutlaqning muhabbati bilan yashamoq qadar ulugʻ baxt bormi? Tabiatning oʻzi husni mutlaqning bepoyon jilvalar koʻrsatgan ulugʻ koʻzgusidir. Oybek, Navoiy
Husni qabul
-
Biz borib, onhazratga janobingizning duongizni eshittiramiz; husni qabulingizni, ijobatingizni uqtiramiz. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
HUSN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲУСН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
husn so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar