ilik
bilan ulashing
1. eskirgan, aynan Qoʻl 1 (asosan egalik qoʻshimchalari bilan qoʻllanadi).
-
Sabr aylasang, murodingga yetarsan, Nasib boʻlsa, yor ilkidan tutarsan. Tohir va Zuhra
-
Xitoy qizlari moʻgʻul yigitlari ilkiga tushmaslik uchun yonib turgan uylar ichiga oʻzlarini urganlarini oʻz koʻzim bilan koʻrdim. M. Osim, Karvon yoʻllarida
-
Sizga mening maslahatim —
-
Andijonda koʻp turmang. Ilikka tushib qolursiz. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
2. Boldir suyagi, oyoqning tizzadan toʻpiqqacha boʻlgan qismi.
-
Yana bu oyoq yo iligidan, yo tizzasidan qirqilgan boʻlsa ham mayli edi. S. Zunnunova, Koʻk chiroqlar
-
Ha, koʻchaga chiqmaysan, eshitdingmi? Hoy bola! Iligingni sindiraman-u, kasalingni boqib oʻtiraveraman. N. Safarov, Saodatning qissasi
3. Odamlar hamda qoʻy, mol va shu kabilar hayvonlar oyoqlarining ichida moysimon modda boʻluvchi qismi; ana shu qismning (goʻshti bilan) pishirilgani.
-
— Qani, barradan oling, oʻgʻlim, — dedi u ilik uzatib. — Qoʻrqmang, bu parranda etiday yengil hazm boʻladi. A. Mirahmedov, Qoʻylar qoʻziladi
-
Maxsum yeb tozalangan ilikni asta dasturxonga qoʻydi-da, hayajon ichida baqrayib oʻtirgan Boboqulga tikildi. S. Anorboyev, Oqsoy
4. Shu suyak ichidagi moysimon modda, toʻqima (isteʼmol etiladi va nihoyatda quvvat-mador boʻluvchi taom sifatida qaraladi).
-
Yana bunday toʻqimalar paysimon suyaklar ichidagi ilik, yapaloq suyaklar orasidagi mijik va kemik deb ataluvchi yogʻlardan ham iborat boʻladi. K. Mahmudov, Oʻzbek tansiq taomlari
-
-Boʻlmasa, iligini siz qoqib yeng, dada — dedi oʻgʻil. R. Fayziy, Sen yetim emassan.
ilik soʻzi qatnashgan jumlalar:
Iligi baquvvat (yoki toʻq)
-
qopni bir hamla bilan orqaga olib, dadil koʻtarildi-yu, gʻizillab yurib ketdi. Sakson ota orqadan qarab qoldi va ichida dedi: Iligi baquvvat ekan!. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
-
Hakim aka har yilgidek bu yil ham gʻoʻzani yoshligidan iligi toʻq, baquvvat qilib oʻstirish uchun harakat qilmoqda. N. Rixsiyev, Mirishkor
Iligi puch (yoki puchaymoq)
-
Axir bechoralarning ishlashi uchun ham kuch-quvvat, mador kerak-ku. Iligi puchayib qolgan odam nima ishga yaraydi? M. Hazratqulov, Jurʼat
Iligi toʻla (yoki toʻlmoq)
-
Oʻtga yaxshi oʻrganib, iligi toʻlgandan soʻng ajratdim. S. Anorboyev, Oqsoy. Temirtosh esa hokimning kiyimi ostidan bilinib turgan mushaklariga qarab, Moy bilan goʻshtni koʻp yeb, iligi toʻlgan, deb oʻyladi. M. Osim, Karvon yoʻllarida
Ilik uzildi
-
Koʻklam chogʻi, ilik uzildi palla, odamning sillasi qurib, lohas boʻlaveradigan kunlarning biri. X. Sultonov, Onamning yurti
Ilik yuvmoq
-
Qolmadi hurmat ahli olamda Olam-u olam ahlidin yuv ilik. Bobur.
ILIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ilik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar