ilin
bilan ulashing
1. Ilmoq I feʼlining oʻzlik va majhul nisbati.
-
Koʻchada ketayotgan bir xotinning yupqa xitoyi zonti qoʻlidan uchib ketib, parashyutday lapanglab bordi-da, bir daraxtga ilindi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar.
-
Devoriy gazetalarning imtihonga bagʻishlangan yangi sonlari ilindi. S. Zunnunova, Yangi direktor
2. Tushmoq, tutilmoq (tuzoq, qopqon va shu kabilarga).
-
Qarmoqlarga bitta ham baliq ilinmadi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Ovchi asta-sekin toʻrning ipini tortibdi, hamma kaptar tuzoqqa ilinibdi. Chalpak yoqqan kun
3. koʻchma (oʻzi birikib kelgan soʻz bildirgan narsaga) Duchor boʻlmoq, yoʻliqmoq.
-
U kun Nurinisoning hiylasiga ilinib soʻng qocharkan. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Ha, bu Mastura yallalar tuzogʻiga ilingan pok, begunoh qizlarning taqdiri haqida yigʻlab-yigʻlab kitob yozsa boʻladi. K. Yashin, Hamza
-
[Toʻgʻonbek] Baʼzi qassoblardan, oshpazlardan bir necha dinor qarzga ham ilinadi. Oybek, Navoiy
4. (oʻzi birikib kelgan soʻz bildirgan narsaga) Ulgurmoq, erishmoq, olmoq.
-
Oʻzing-ku, zoʻrgʻa uchga ilinib yuribsan. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Ha picha roʻmol oluvdik, epchillar ilinib, epsizlar quruq qoldi. N. Safarov, Tanlangan asarlar
-
Medalga ilinganlar, har qalay, [oʻqishga] joylashib ketadi. S. Zunnunova, Yangi direktor
-
U Buxoroda joy topib, tuzukkina maoshga ilinganidan xursand boʻldi. M. Osim, Ibn Sino qissasi
5. koʻchma Oʻz holati, mansabi va shu kabilarda zoʻrgʻa turmoq; ketay-ketay deb turmoq.
-
Ilinib turganingni bilasanmi, rais endi sen haqiqiy rais emas, sobiq raissan. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Aqrab, qora sovuq oyida Buxoroda oʻlim koʻp boʻldi — baʼzi ilinib yurgan keksalar kuz yaprogʻidek chirs-chirs keta boshladi. Mirmuhsin, Meʼmor
6. Ushlash, kiyish va shu kabilar darajasiga yetmoq, yaramoq.
-
Soqolingiz ustaraga ilinmaydi. S. Ahmad, Hukm
-
Oʻroqqa ilinmagan maysalarni qoʻy chilpiganday bittalab yulib olaman. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Men pul beray, shu atrofdan oz-moz durust, oyoqqa ilinadigan bir narsa topib bering. Oybek, Tanlangan asarlar
7. Oʻzi ishlatmay, oʻzgaga bermoq yoki atab saqlab qoʻymoq (asosan taom haqida).
-
Sher kosasidagi ilikni bobosiga ilinib olib kirsa, u kishi bosh chayqaydi. S. Anorboyev, Hamsuhbatlar
-
Uyidan posilka olgan ekan, menga ham ilinibdi: ozgina shirin tolqon, mayiz. H. Gʻulom, Toshkentliklar
ilin soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻzga ilinmoq
-
Yomgʻir betinim yogʻar, lekin uning tomchilari chang zarralaridek koʻzga ilinmas edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Ishda ham Nazarov tez koʻtarildi. Saidgʻozi boʻlsa chekkada, koʻzga ilinmay qolib ketaverdi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Qizaloq koʻzga ilinadigan boʻlib qolibdi.
Koʻzi ilinmoq
-
Koʻzi endi ilinganda, sapchib oʻrnidan turib ketar, bolalari ustini yopib qoʻyar, keyin devordagi soatga qarardi. S. Abduqahhor, Koʻzlar
Pichoqqa ilinadigan
-
Umuman mollarning pichoqqa ilinadigani yoʻq hisob. Mushtum
-
Xullas, oʻylab tursam, zikr qilingan Sharipovlar ichida pichoqqa ilinadigani temir-tersak mudiri. Tojiboy Sharipov ekan. Gazetadan
Tilidan (yoki gapidan, ogʻzidan, soʻzidan) ilinmoq
-
Boy ota.. men Suyarni tergovchi toʻraning oldiga olib boray. Bir umrida tergovchiga soʻrov bermay yurgan odam oʻz tilidan ilinib oʻtirmasin. N. Safarov, Uygʻonish
Tumshugʻidan ilinmoq
-
Mugʻambir tumshugʻidan ilinar. Maqol
ILIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИЛИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ilin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar