ilmoq
bilan ulashing
1. Ilib olish, ilib koʻtarish uchun ishlatiladigan, temirdan yoki daraxtning butogʻidan yasalgan xonaki ayri asbob; ilgak.
-
Sherali ilmoqni yaxshilab oʻrnashtirgach, sheriklari turgan tomonga qaradi. S. Karomatov, Oltin qum
-
Ikki azamat yigit temir ilmoqlar bilan zanjirni koʻtarib, kema burniga qoʻydi. M. Osim, Karvon yoʻllarida
-
Fayzulla temirning ikkinchi uchini ilmoq qilib qayiradi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
2. kam qoʻll. Eshikning berkitish (ochilmaydigan qilish) moslamasidagi ilib qoʻyiladigan qism; ilgak.
-
Keyin chuqur tin olib, orqasiga oʻgirildi-da, qoʻlini solib, panjara eshik ilmogʻini tushirdi. S. Zunnunova, Olov
3. koʻchma Gapning zamiridagi kinoya, shama yoki gʻaraz.
-
— Mingboshi bu qochirimdan hech bir ilmoq sezmadi, balki bu qochiriq uni yana ham ochib yubordi dedi Shokirjon. Sh. Rizo, Qor yogʻdi, izlar bosildi
-
U [Gulnoz] Zulunbekning yaqinlashish uchun ilmoq tashlaganiga aqli yetib, savolni javobsiz qoldirdi-da, kabinetdan chiqa boshladi. Gʻulom, Toshkentliklar
ILMOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИЛМОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ilmoq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar