imtihon
bilan ulashing
1. Oʻquv muassasalarida talabalarning oʻquv dasturlarida belgilangan bilimni qanchalik oʻzlashtirganligini tekshirish, soʻrab, sinab koʻrish va baholash.
-
Institutga kirish imtihoni. Imtihon komissiyasi. Imtihon bermoq (topshirmoq). Imtihon olmoq.
-
Bir tomonda yozgi imtihonlar ham yaqinlashib qolibdi. S. Zunnunova, Yangi direktor
-
Aziza qishki imtihonlarni topshirib, rayonga qaytishi bilan ishga tushib ketdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
2. Umuman, sinov, tekshirish.
-
Bu savol oʻziga ishonarli javob talab qilish bilan birga, asrlar boʻyi targʻib va tatbiq qilib kelinayotgan bir asos mantiqiga imtihon ham edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
-
Zoʻr jasorat bilan hujum boshlagan azamatlar tabiatning dahshatli kuchi — boʻron usti-dan gʻolib keldilar va qiyin imtihondan sharaf bilan oʻtdilar. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli.
imtihon soʻzi qatnashgan jumlalar:
Davlat imtihoni
-
Nabijon birinchi davlat imtihonini topshirgan kuni Muborak uni katta guldasta olib kelib tabrikladi. S. Zunnunova, Koʻk chiroqlar
Imtihon qilmoq
-
Sergey Qobilni yana bir bor sinab koʻrishga, uning vijdonini, izzat-nafsini soʻnggi marta imtihon qilishga qaror berdi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
jurnalning soʻnggi sonlaridan birida bosilgan falsafiy bir maqola toʻgʻrisida soʻz ochib, zimdan uni imtihon qildi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.
IMTIHON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИМТИҲОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
imtihon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar