irim
bilan ulashing
etn. Biror maqsad, niyat bilan qilingan xurofiy tadbir (masalan, toʻydan yaxshi niyat bilan biror narsa olib ketish; dard-baloni qaytarish, ziyon-zahmatdan, koʻz tegishdan saqlash uchun biror narsani boshdan oʻgirib tashlash va boshqalar).
-
Ona-bola darvozadan chiqayotganda esa, irimini qilib, qoʻlidagi oyna ustiga obdastadan suv yugurtirib, Latofat bilan kelini koʻzdan gʻoyib boʻlguncha qarab qoldi. S. Karomatov, Hijron
-
Eski irimlardan qutulib ketmagan baʼzi boʻltaklar xodaning ustiga isiriq bogʻlab qoʻyadilar. A. Qodiriy, Obid ketmon
irim soʻzi qatnashgan jumlalar:
Irim qilmoq
-
Ikki kampir irim qilib, Malikaning dard tutayotganligini hech kimga bildirmaslikka tirishib eshikni ham zanjirlab qoʻyishgan edi. Mirmuhsin, Chiniqish
-
Oxiri u irim qilib, hujrasining eshigini qulflamay, koʻchaga chiqdi. S. Ahmad, Hukm
-
Xadicha xola burungiday uning peshonasidan oʻpdi, duo qildi, irim qilib, kuzatgani chiqmadi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
IRIM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИРИМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
irim so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar